Qashqadaryolik partiya faollari konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlamoqdalar

28.07.2022, 15:54

Qashqadaryolik partiya faollari konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlamoqdalar

Vohamizning tuman va shaharlarida “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” deb nomlangan davra suhbatlari, deputatlar va kengash xodimlari bilan voha ahlining uchrashuvlari yuksak ko‘tarinkilik hamda hamjihatlikda o‘tkazilmoqda. 

Kitob tumanidagi “Elegant Nur” mas’uliyati cheklangan  jamiyat qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti yig‘ilishi ishtirokchilariga Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgarish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi ma’ruzasining mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berildi.  

Deputatlardan Sharif Temirov, G’ulom Uzoqov hamda quyi bo‘g‘in faollari so‘zga chiqib,  so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli va izchil demokratik islohotlar natijasida Yangi O’zbekistonni barpo etishning mustahkam siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ma’rifiy va ma’naviy-madaniy asoslari yaratilganligini alohida e’tirof etishdi.

Ta’kidlandiki, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlarni izchillik bilan davom ettirishda huquqiy poydevorni yanada mustahkamlashni davr taqozo etmoqda. Jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi shiddat bilan o‘zgarayotganligi bois, fundamental demokratik tushunchalar va qadriyatlar real voqelikka aylandi. Loyihada Bosh Qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish 16 ta normani o‘z ichiga olgan 6 ta yangi modda (prim moddalar) qo‘shish taklif etilayotgani ham buning yaqqol dalilidir. Bu o‘zgarish va qo‘shimchalar Bosh qomusimizni yanada pishiq va puxta, xalqchil, yurtdoshlarimizning hohish irodasining yuksak ifoda etadigan, xaqiqiy xalq Konstitutsiyasi sifatida butunlay yangicha mazmun kasb etishini aytib o‘tildi. 

Partiya faollari Vatan ravnaqi yo‘lidagi islohotlarda faol ishtirok etishlari kerakligi, Konstitutsiyani takomillashtirish yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish barobarida xalq farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi, Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli vazifalar xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquqlari va manfaatlari qadr qimmatini samarali ta’minlashga xizmat qilishini aytib o‘tdilar.  

Sarvar Bekmurodov,

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli

kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri.

  • Ko'rildi
    246
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+