“Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘olibi aniqlandi

28.07.2022, 16:15

“Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘olibi aniqlandi

 O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan “Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi  bo‘lib  o‘tdi. 

Unda  tadbirkorlikka   qiziquvchan  o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan  talaba yoshlar ishtirok etdi.  

Loyihaning maqsadi esa  yoshlarning tadbirkorlik va fermerlik faoliyatiga qiziqishini yanada kuchaytirish, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qilish borasida mahallabay tizimida ishlash va jamiyatda  ishbilarmon, tadbirkor yoshlar hisobini oshirishdan  iborat. 

Loyiha doirasida   o‘z biznes  loyihalari  bilan  kelgan  yoshlarga  tadbirkorlik  bilan  shug‘ullanish,  biznesni  boshlash  borasida   ularga huquqiy  maslahat va tavsiyalar berish orqali  tadbirkorlikni boshlashiga ko‘maklashishga kelishib olindi.

 Loyihaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida  Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining bitiruvchi bosqich talabasi A. Bazarbayeva g‘olib deb topilib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani olish huquqiga ega bo‘ldi.

Tadbirkor  deganda  biz o‘z ishining  fidoyisi,  har doim izlanishda,  o‘z ustida ishlab yuradigan biznesman kishini tushunamiz.

Shuning uchun ham tadbirkor bo‘lish istagida yurgan har bir odam   avvalombor  mehnatkash va tashabbuskor bo‘lishi kerak, –  deydi loyiha g‘olibi Aynura Bazarbayeva.

 – Har bir ishni boshlashdan avval 7 o‘lchab bir kesishi zarur. Shundagina ko‘zlangan maqsadga erishiladi.    

    O’zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    311
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+