Tadbirkor bo‘lmoqchi bo‘lgan yoshlarning biznes loyihalari qo‘llab-quvvatlanyapti

28.07.2022, 16:29

Tadbirkor bo‘lmoqchi bo‘lgan yoshlarning biznes loyihalari qo‘llab-quvvatlanyapti

Yoshlarni ish bilan ta’minlashda ularning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari va hayotda o‘z o‘rinlarini topib ketishlarida kichik biznes va tadbirkorlik sohasining rivojlanishii eng asosiy omil va manba bo‘lib xizmat qiladi.

Shu bilan birga, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish, uning qonuniy-me’yoriy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan iqtisodiy islohotlar dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Kam sarmoya talab qiladigan, tez modernizatsiya qilinadigan va bozor konyukturasining o‘zgaruvchan talablariga yaxshi moslasha oladigan biznes yuritish zamon talabiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kichik biznes bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldiradigan, iqtisodiyotni tarkibiy negizini belgilab beradigan eng muhim sektor hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, xususan, yoshlarning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Men ham tadbirkor bo‘laman” tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan hamda shunday qiziqish bilan kelgan yoshlarning biznes rejalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu orada talaba-yoshlar va ishsiz yoshlar tomonidan juda ko‘plab savollar berish orqali biznes rejalarga tuzatishlar kiritib borildi. O’z biznes g‘oyalari bilan kelgan yoshlarga esa tushuntirishlar orqali tadbirkorlikni boshlashlariga ko‘maklashildi.

Loyihaning Toshkent shahar bosqichida 3 o‘rin g‘olibi Po‘latov Mahkambek, 2 o‘rin g‘olibi Raxmonova Umida va nihoyat Islomjon Nigmatov 1 o‘rin g‘olibi deb topildi. Tadbir so‘ngida g‘oliblarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    615
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+