Deputat saylovchilar muammolarini mahallabay ishlash orqali hal qilyapti

28.07.2022, 16:32

Deputat saylovchilar muammolarini mahallabay ishlash orqali hal qilyapti

O'zLiDePdan Farg‘ona shahar Kengashiga saylangan deputatlar tomonidan bir qator xayrli tadbirlar, aholi uchun amaliy ko‘maklar berib kelinmoqda. Farg‘ona shahar Kengashi deputati Sherzodbek Islambekov tomonidan ham bir oyda 2 marotaba saylovchilar bilan uchrashuvlar, tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun "Biznes trening"lar, "Ayollar daftari" va "Temir daftar"da ro‘yxatda turuvchi oilalalarni mahallabay kesimida xonadonlariga borib, ularning turmush darajalarini ko‘tarish uchun bir qancha moddiy ko‘maklar berib kelinmoqda.

Jumladan, kuni kecha "Bahor" hamda "Furqat" mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan  saylovchilar bilan xonadonma-xonadon yurilib o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada aniqlangan 4 ta masalani o‘z o‘rnida, yana 2 ta muammo yuzasidan shahar "Elektr tarmoqlari" AJ rahbariyatiga deputatlik so‘rovlari tayyorlandi. Muammolar asosan uy-joyni ruyhatdan o‘tkazishda uchrayotgan to‘siqlar va maktabgacha ta’lim muassasalariga bolajonlarni joylashtirish bo‘yicha, hududdagi elektr tarmoqdagi kuchlanishning pastligi kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.

Amaliy tadbirlar jarayonida hududdagi muammolarni hal etish bilan birgalikda bugungi kundagi muhim siyosiy jarayon - Konstitutsiyaviy islohotlar haqida deputat tomonidan ma’lumotlar  berib o‘tildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida deputat tomonidan 20 ga yaqin keksa-nuroniylarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Bunday xayrli va xalqimiz uchun manfaatli bo‘lgan tadbirlar deputatlar tomonidan davom ettirilmoqda.

  • Ko'rildi
    1496
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+