Konstitutsiyaviy qonun loyihasi korxonalarda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida muhokama qilindi

29.07.2022, 16:27

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi  korxonalarda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida muhokama qilindi

O’zLiDeP Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti tomonidan viloyatdagi yirik boshlang‘ich partiya tashkilotlaridan biri bo‘lgan Navoiy issiqliq elektr stansiyasida faoliyat yurituvchi partiyaning faol a’zolari ishtirokida konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Davra suhbatida viloyat Kengashi deputatlari Q.G’aniyev va M.Eshniyozovlar so‘zga chiqib, konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati xususida ishtirokchilarga tanishtirildi.

Viloyat Kengashi deputati, O’zLiDeP viloyat hududiy partiya tashkiloti apparat rahbari M.Eshniyozov Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli vazifalar, xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquqi va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash kabi maqsadlar mamlakatimizdagi tub islohotlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish zaruratini yuzaga keltirganini, konstitutsiya islohotini amalga oshirish uchun tuzilgan Milliy komissiya va uning faoliyati, takliflar yig‘ish jarayoni va bugungi kunda umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan konstitutsiyaviy qonun loyihasi xususida keng ma’lumot berdi. O’z navbatida, jamoatchilik tomonidan loyiha yuzasidan bildirilgan fikr-mulohaza va takiflar har tomonlama chuqur o‘rganilib, Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Konstitutsiyaviy qonun loyihasini xalqimiz, jamoatchiligimiz bilan keng muhokama qilish - Bosh qomusimizning pishiq-puxta, yanada xalqchil, tom ma’noda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi – haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘lishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Tadbirda konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishlar ishchi-xodimlar, korxona yoshlari o‘rtasida muntazam olib borilayotganini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    552
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+