Konstitutsiyaviy qonun loyihasi tadbirkorlik sub’ektlarining ishchi-xodimlari ishtirokida muhokama qilindi

29.07.2022, 16:30

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi tadbirkorlik sub’ektlarining ishchi-xodimlari ishtirokida muhokama qilindi

Sirdaryo viloyatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamalariga bag‘ishlangan yana bir tadbirda bevosita ishtirok etdi.

Kunning birinchi yarmida Aktam Xaitov Sayhunobod tumanida joylashgan “Poly tex Sirdaryo” MChJ faoliyati hamda 2022-2023 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

Bugungi kunda korxonada 120 nafar ishchi xodimlar mehnat qilib kelmoqda. 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Urug‘lik chigitini zamonaviy usulda dorilash bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan. Ushbu loyihada yillik ishlab chiqarish quvvati  3000 tonna bo‘lib, loyiha qiymati 1.5 mln.dollarni tashkil qiladi.

Shuningdek,  partiya yetakchisi korxona xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, dam olish va ovqatlanish xonalari, ish joylaridagi qulayliklari bilan ham tanishdi.

Shundan so‘ng, korxonaning kichik majlislar zalida "Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi - xalqdir" mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Unda O'zLiDeP Sirdaryo viloyati va tuman Kengashi, hamda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rahbar, xodimlari ishtirok etdi.

Partiya rahbari so‘nggi yillarda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, o‘zgarish va yangilanishlar to‘g‘risida alohida to‘xtalib, ushbu islohotlarning barchasi inson qadrini yuksaltirishga qaratilganligi, barcha islohotlar xalqimizning farovon hayoti, ertangi kunining porloq bo‘lishi uchun amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida so‘zladi.

Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida kengroq tushuntirish berib, ushbu qonun loyihasining qaysi bob va moddalariga o‘zgartirish kiritilayotganli haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Shuningdek, tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan taklif va fikrlar yozib olindi.

  • Ko'rildi
    790
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+