“Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasining Toshkent viloyat bosqichi o‘tkazildi
29.07.2022, 16:32

Ma’lumki, O’zLiDeP mamlakatda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarni biznes va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish hamda yoshlarning yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Mana shunday tadbirlardan biri partiya Toshkent viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan o‘tkazildi.
Partiyaning “Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasi doirasida tashkillatirilgan tanlovning viloyat bosqichida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, biznes rejalar partiya Toshkent viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri Umidali Xaydarov, Ohangaron tuman davlat xizmatlari markazi rahbari Shaxlo Ko‘chimova, partiya tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Madxiya Nishonovalardan iborat tarkibdagi odil hakamlar hay’ati tomonidan xolisona o‘rganilib, adolatli baholandi.
Unga ko‘ra, tanlovning faxrli 3-o‘rniga baliqchilik yo‘nalishida tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan Karimov Baxtiyor Dilshod o‘g‘li loyiq deb topildi. Ikkinchi o‘ringa asalarichilik faoliyati bilan shug‘ullanib, daromad olish niyatini bildirgan Nishonova Nodira munosib ko‘rildi. IT bo‘yicha o‘z biznes rejasini taqdim etgan “Modern Education Intellektni Rivojlantirish” NTM markazi rahbari Yo‘ldashboyev Boburjon tanlovning viloyat bosqichi g‘olibligiga sazovor bo‘lib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Tadbirda so‘z olganlar yoshlarga o‘z bizneslarini boshlashlarida zarur bo‘lgan tavsiya, uslubiy ko‘rsatma hamda maslahatlarini berishdi. Kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilashdi.
Zuxro Mirzohamdamova,
O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Partiyaviy loyihalar yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda
22.09.2023, 15:26
-
Samarqandlik talabalarga “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati tushuntirildi
22.09.2023, 15:16
-
O’zLiDePdan 100 loyiha: Yosh olimlar Ligasi
22.09.2023, 15:03
-
Talaba-yoshlar bilan o‘zaro hamkorlik
21.09.2023, 17:23
-
Yangi O’zbekiston yoshlari Uchinchi Renessans poydevorlari
21.09.2023, 17:17
Fikringizni qoldiring