"Men ham tadbirkor bo‘laman" loyihasining Namangan viloyat bosqichi g‘olibi aniqlandi

01.08.2022, 12:03

Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 21 dekabrdagi "Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes rejalarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida 2022 -2024 yillarda maxsus o‘quv kurslarini tamomlagan va sertifikat olgan yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatga 3 yillik imtiyoz bilan 540 mln so‘mgacha kreditlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ham yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmokda.

Partiya Namangan viloyat Kengashi hamda Savdo-sanoat palatasi Namangan shahar bo‘limi hamkorlikda o‘tkazgan "Men ham tadbirkor bo‘laman" deb nomlangan tanlovning viloyat bosqichida ham bu masalaga alohida ahamiyat berildi. Unda Namangan shahridan bir guruh yoshlar o‘zlarining biznes rejalari bilan ishtirok etishdi.Ular  hakamlar xay’ati a’zolari huzurida o‘z biznes loyihalarini  himoya qilishdi. Shuningdek, loyiha bo‘yicha berilgan savollarga ham javoblar qaytarishdi. Hakamlar xay’ati a’zolari har bir yoshning tayyorlagan biznes rejalarida daromad va harajatlar mutanosibligi, maqsadning realligi, mahsulot va xizmatlarga bozorda talab va extiyojning mavjudligi, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hisobga olinganligiga alohida e’tibor qaratishdi.

Biznes loyihasi eng mukammal, sifatli deb topilgan Tursunov Komiljon birinchi, Abdubannonov Azimjon ikkinchi va Mansurov Shavkat uchinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi. Bu yoshlar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

  • Ko'rildi
    519
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+