Imkoniyati cheklangan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash – ustuvor maqsadimiz!

01.08.2022, 12:05

Imkoniyati cheklangan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash – ustuvor maqsadimiz!

Partiyamiz Dasturida  yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish ishlariga munosib hissa qo‘shish, ijtimoiy guruhlar manfaatini himoyalashni ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi tomonidan joylarda mazkur vazifa ijrosi tizimli amalga oshirilib kelinmoqda.

Partiya viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan bu galgi tadbir noodatiy bo‘ldi. Gap shundaki, bo‘limning tashabbusi bilan viloyatdagi imkoniyati cheklangan yoshlarning bir guruhiga sportning shaxmat turi bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqalarida munosib ishtirok etishlari uchun sharoit yaratib berildi.

“Maqsadimiz bitta – u ham bo‘lsa, imkoniyati cheklangan yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvvatlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, salomatliklarini tiklashda ko‘maklashish, hayotda o‘z munosib o‘rinlarini topishlarida motivatsiya berishdan iborat. Bugun viloyatimizdagi imkoniyati cheklangan yoshlarimiz jamoasini birgina sport tadbirida ishtirok etishlari uchun ko‘maklashmadik. Balki, ularga o‘zlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun yurtimizda yetarli shart-sharoitlar yaratib berilayotganini anglatib, yuksak marralarni zabt etishlarida qanot berdik, deb o‘ylayman”,-deydi partiya viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Umidali Xaydarov.

Yangiyo‘l shahridagi “Dugonalar” nogiron ayollar jamiyati qoshidagi imkoniyati cheklanganlarni sog‘lomlashtirish markazida o‘z salomatliklarini tiklayotgan viloyat yoshlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan sport musobaqasida qatnashish bilan birga azim poytaxtning diqqatga sazovor joylarida ham bo‘lishdi.

Viloyatning umidli, shijoatli yoshlar jamoasi poytaxtdan bir olam taassurot, ertangi yorug‘ kunlar va orzular ro‘yobiga ishonch bilan qaytishdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat  Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    814
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+