Yangiobodlik deputatlar tuman hokimining o‘rinbosari hisobotini eshitishdi
01.08.2022, 12:09

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Yangiobod tuman hokimining o‘rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Rustam Abdug‘aniyevning hisoboti eshitildi.
Mutasaddi ta’kidlaganidek, tumanda “FU LAI GE QISHLOQ XOJALIK ILMIY TECHNOLOGIC CLASTERI” MChJ Xorijiy korxonasi tomonidan 10,0 mln. AQSh dollar qiymatidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyadan iborat bo‘lgan loyihani amalga oshirish belgilangan.
Mazkur loyiha asosida urug‘chilik va sabzavotchilikni rivojlantirish bo‘yicha klaster tashkil etish uchun “Xo‘jamushkentsoy” SIU hududidan 1000 gektar yer maydoni ajratib berilgan.
Ayni paytda 351,0 ming dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, mazkur mablag‘ hisobidan
1 ta (komplekt) burg‘ulash uskunasi, 3 ta haydov traktorlari, suv tejovchi sug‘orish jihozlari va texnologik qurilmalari olib kelingan. 3 ta artezian qudug‘i ishga tushirilib, 70 gektar maydonga suv tejovchi sug‘orish tizimi joriy etilgan.
Shuninigdek, Rossiyalik xorijiy investorlar tomonidan qiymati 700 ming dollar bo‘lgan “Ma’danli suv ishlab chiqarish va dam olish maskani” tashkil etish loyihasini amalga oshirish maqsadida “Havotog‘” QFY hududida “HAYR HAVOTOG” MChJ qo‘shma korxonasi tashkil etilgan.
Loyihani amalga oshirish uchun tuman hokimligi balansida bo‘lgan sanatoriya binosi 500 ming dollar miqdorida investitsiya o‘zlashtirish va 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida ajratib berilgan. Loyihani joriy yilning 1 sentyabriga qadar yakunlash rejalashtirilgan.
Yig‘ilishda mutasaddi hisoboti qoniqarli, deb topildi. Deputatlar mazkur masala yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Yig‘ilishda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi belgilangan ishlar rejalar doimiy deputatlik nazoratiga olinishi yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Sodiq Boboyev,
O`zLiDeP Yangiobod tuman
Kengashi apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
O’zLiDeP deputatlari sessiyaga daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish masalasini kiritdi
25.09.2023, 16:21
-
Noqonuniy va sifatsiz qurilishlarni oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi
21.09.2023, 17:25
-
Partiyaning hududiy kengashlari va deputatlar faoliyatiga tanqidiy baho berilmoqda
07.09.2023, 16:19
-
Deputatlik eshituvi: Qashqadaryoda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi
30.08.2023, 16:13
-
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining sessiyasida dolzarb masalalar muhokama etildi
24.08.2023, 15:19
Fikringizni qoldiring