Ishchi guruh faoliyati: Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish borasidagi ishlar tahlil qilindi

02.08.2022, 11:46

Ishchi guruh faoliyati: Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish borasidagi ishlar tahlil qilindi

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi hamda «O’zyog‘moysanoat» uyushmasi bilan hamkorlikda davra suhbati o‘tazildi.

Unda Davlat dasturining Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.

 Tadbirda “O’zyog‘moysanoat” uyushmasi raisi O.Zufarov “Oziq-ovqat xom-ashyo bazasini kengaytirish va organik mahsulotlar hajmini bosqichma-bosqich oshirish” mavzusida taqdimot qildi.

So‘nggi besh yilda sohaga berilgan alohida e’tibor natijasida bir qator ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan.

Jumladan, yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining yillik ishlab chiqarish hajmi 2017 yilda 2,0 trln. so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021 yil yakuni bilan 6,4 trln. so‘mga teng bo‘lgan, yoki mahsulot ishlab chiqarish hajmi qariyb 3 barobarga oshgan. Bundan tashqari sohada umumiy qiymati 94,5 mln. dollarlik, shundan, 25,9 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi va 35 ta loyiha ishga tushirildi. Natijada 2742 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Tarmoqdagi bu tizimli islohotlar, albatta, O’zLiDeP dasturi bilan hamohangligi ta’kidlab o‘tildi.

Tadbirda Ishchi guruhi va “O’zyog‘moysanoat” uyushmasi rahbariyati o‘rtasida Davlat dasturi ijrosi jarayonida tizimli va izchil hamkorlik, shuningdek, jamoatchilik va deputatlik nazoratini olib borishga kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    359
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+