“Yashil shahar” fusunkorlik kasb etmog‘i kerak!
02.08.2022, 12:00
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish departamenti rahbari Nurbek Sattorovning hisoboti eshitildi.
Unda ta’kidlanishicha, shahar ichki ko‘chalarini asfaltlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilayapti. “Qoziguzar” va “Kamolot” MFY uchun yangi binolar qurilmoqda. “Do‘stlik” va “Kesh” mahallalari irrigatsiya tizimi ta’mirlanib, piyodalar yo‘lakchasi qurilib, ko‘chalar obodonlashtirildi. Qabristonlarda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida shahar ko‘chalariga 2152 tup “Eldor sasna” daraxt ko‘chatlari ekildi.
Hisobot yuzasidan so‘zga chiqqan deputatlar shahar aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, kanalizatsiya tizimlarini ishga tushirish, ekilgan daraxt ko‘chatlarini sug‘orish uchun oqova suv keltirish, memoriy obidalarni asrash yuzasidan yoshlar o‘rtasida tushuntirish - targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligini aytib o‘tdilar. Yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan yig‘ilish qarori qabul qilindi.
Guruh yig‘ilishida O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi tashkiliy-partiyaviy va kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Sarvar Bekmurodov ishtirok etdi va guruh a’zolari oldida turgan dolzarb vazifalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
Fikringizni qoldiring