Taxiatoshda tadbirkorlik sub’ektlari soni ortib bormoqda
02.08.2022, 12:04

Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov Taxiatosh tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bilan yaqindan muloqot qilib, faoliyati bilan tanishdi.
Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bu borada asosan xotin-qizlar va yoshlarga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ijobiy ishlar tuman hududidagi mahallalarda ham davom etib, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” ro‘yxati bo‘yicha ham ishlar tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.
Partiya yetakchisi “Naymanko‘l” OFY hududida joylashgan Surxondaryo viloyati shtabi yonidagi “Ostona gilam” MChJ gilam to‘qish sexining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. U yerda 15 nafardan ziyod bandligi ta’minlangan xotin-qizlar bilan yaqindan muloqot qilib, gilam to‘qish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Sex ishini yanada kengaytirish uchun A. Xaitov o‘zining tavsiyalarini berib, yordam kerak bo‘lsa e’tibordan chetda qolmasliklarini aytib o‘tdilar.
Keyingi manzil esa “Do‘stlik” MFY hududiga qarashli “Nurbibi Jannat” MChJning aholiga xizmat ko‘rsatish markazining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur mahalla hududida joylashgan "WORK CHOP" MChJ ga qarashli tikuvchilik kooperatsiyasiga tashrif buyurib, mahallada tikuvchilikni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissalarini va yoshlarning ishtiyoq bilan ishlayotgan ishlari bilan tanishib yaqindan suhbat olib bordi, kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Ma’lumot o‘rnida mazkur tikuvchilik kooperatsiyasi asosan maxsus forma kiyimlari, turli xil bejirim kiyim-kechaklarni tikishga yo‘naltirilgan. Korxonada 34 nafar xotin-qizlar doimii ish bilan ta’minlangan.
Partiya yetakchisi Aktam Xaitov mazkur aholiga xizmat ko‘rsatish markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishar ekan, faoliyatini yanada kengaytirish borasida o‘zining maslahat va tavsiyalarini berib o‘tdi.
O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Xalqaro tashabbuslar dunyo e’tibori markazida
21.09.2023, 09:46
-
Mirzaobodda sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi
21.09.2023, 09:41
-
Hududiy investitsiya loyihalarni jalb qilish borasidagi ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
20.09.2023, 17:46
-
“O’zbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyati keng aholi vakillari orasida targ‘ibot qilinmoqda
15.09.2023, 18:46
-
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi: xalqimiz orzu-umidlari ro‘yobiga xizmat qiluvchi hayotiy hujjat
13.09.2023, 15:38
Fikringizni qoldiring