IT texnologiyalari: Dolzarb mavzudagi uchrashuv

03.08.2022, 16:58

IT texnologiyalari: Dolzarb mavzudagi uchrashuv

Buxoro viloyati Barkamol avlod markazida yosh avlod vakillarini, o‘quvchi yoshlarni turli kasb-hunarga qiziqishini kuchaytirish maqsadida bir qator tugaraklar ishlab turibdi. Bolalarning mustaqil fikr yuritishlari, fan asoslarini puxta o‘zlashtira olishlarida bunday to‘garaklarning ahamiyati kattadir. Ulardan biri IT texnologiyalari bo‘yicha ma’lum bilim beradigan va ko‘nikma hosil qiladigan to‘garak mashg‘ulotlari bo‘lib hisoblanadi. Ushbu sohani rivojlantirishga davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor berib kelinayotganligini kuni-kecha Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan maqsad va vazifalardan ham bilib olsa bo‘ladi.  

O’zLiDeP viloyat va Buxoro shahar Kengashlari tomonidan barkamol avlod bolalar maktabida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbarining IT sohasini rivojlantirishga oid ma’ruzasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar hususida so‘z bordi.

O’quvchi yoshlar va ularning murabbiylari huzurida so‘zga chiqqan partiya viloyat Kengashi yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi mudiri Firdavs Pirnazarov, O’zLiDeP shahar Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Sulaymonova va boshqalar barcha yerda bo‘lganidek Buxoroda ham IT texnologiyasiga qiziquvchi o‘g‘il qizlar uchun barcha sharoitlar mavjudligini, biroq bu boradagi ishlar Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda yanada jadallashtirilishi kerakligini, zotan XXI asr axborot texnologiyalar asri ekanligini ta’kidladilar.

Mamlakatimizda “Bir million dasturchi” loyihasi izchil amalga oshirilayotganligi ham bejiz emas. Kelgusi 5 yilda O’zbekistonda IT xizmatlari eksporti 1 mlrd dollarga yetkazilishi ham ushbu soha istiqboli yanada porloq ekanligi dalilidir.

IT texnologiyasi bilan qiziquvchi yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda butun yurtimizda bo‘lganidek Buxorolik yoshlarning bu boradagi faoliyati ham qo‘llab-quvvatlanishi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda hozir bo‘lgan Barkamol avlod bolalar maktabining  IT yosh dasturchi tugaragi rahbari Islom Fayzullayev mavzu bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini shunday bayon etdi.

- Tugarakda bugungi kunda 40 ga yaqin o‘quvchilar faol qatnashmoqda. O’z mashg‘ulotlarim davomida har bir o‘quvchimning qiziqishini hisobga olgan holda dasturlash tillarini o‘rgatib boraman. Shu jumladan, Html, CSS, JavaScript, PHP tillarida dars o‘taman. Hozirgi kunda yana bir yangi dastur yaratish ustida ish olib boryapman. U dasturda sun’iy intellektdan samarali foydalanish rejalashtirilgan.

Tadbir ishtirokchilari qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

  • Ko'rildi
    650
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+