“Yangi O’zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt”

03.08.2022, 17:02

“Yangi O’zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt”

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi tomonidan Qarshi shahrida tashkil etilgan tadbir ana shunday deb nomlandi. Unda xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, o‘qituvchilar, talabalar hamda partiya faollari ishtirok etishdi. Anjumanda so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan Mustaqilligimizning 31 yilligini munosib kutib olish, joylarda istiqlolni tarannum etuvchi bayram tadbirlari tashkil etish, Yangi O’zbekistonda yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, iqtisodiyotni yuksaltirish, xalqimizning turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilgan ulug‘vor ishlar  haqida batafsil fikr yuritishdi.

- Yurtimizda shodiyonalar ko‘p, ammo xalqimiz tomonidan o‘zgacha shukuh va shodu xurramlikda  nishonlanadigan ayyom – bu Mustaqillik bayramidir,- dedi xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Ismigul Xushmurodova. – Ayniqsa, yangilanayotgan O’zbekistonimizda Prezidentimiz rahnamoligida  aholi bandligi va farovonligini ta’minlash borasida ulkan islohotlar yurtdoshlarimiz qalbida nurli kelajakka bo‘lgan umid va ishonchni yanada mustahkamlamoqda. Viloyat kengashi deputatlari va partiya faollari joylarda mazkur bayramni ko‘tarinkilik va hamjihatlikda o‘tkazilishiga yaqindan yordam berish maqsadida amaliy ishlarni boshlab yuborishdi. 

Yig‘ilishda Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini partiya elektorati va aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish yuzasida deputatlar va partiya faollari oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi. 

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    706
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+