Deputatlik eshituvi: Samarqand shahrida turizm va servis sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi

03.08.2022, 17:23

Deputatlik eshituvi: Samarqand shahrida turizm va servis sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi eshituvi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Samarqand shahridagi turizm va servis sohalarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ijrosi hamda sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha kelgusida rejalashtirilgan ustivor vazifalar bo‘yicha viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasining hisobotini tingladilar.

Hisobotga ko‘ra, 2021 yilda jami xizmatlar hajmi 7,9 trln.so‘mni, o‘sish sur’ati 127 foizni tashkil etgan bo‘lsa,  2022 yilda bu ko‘rsatgichlar jami xizmatlar hajmi 12,0 trln.so‘mga o‘sish sur’ati 151,4% ga, aholi jon boshiga jami xizmatlar hajmi 21,4 mln.so‘mga, barcha sohalarda 3,1 trln. so‘mlik 530 ta yirik va kichik loyihalar amalga oshirsh rejalashtirilgan.

Bu dasturlar doirasida esa 2022 yilda jami 42 834 nafar fuqarolar bandligi ta’minlanadi, jumladan legalizatsiya, o‘zini-o‘zi band qilinadi. Misol uchun, Samarqand shahridagi "Saxar" MChJ tomonidan qiymati 107,0 mlrd.so‘m. bo‘lgan Zamonaviy logistika ko‘rinishidagi uy ro‘zg‘or buyumlari hamda elektr texnika buyumlari ulgurji savdo yo‘nalishidagi shourumlar tashkil etiladi.

Rasadxona MFYda Tashabbuskor tadbirkor Sharipov Jo‘rabek tomonidan qiymati – 4,5 mlrd.so‘mlik avtokemping ishga tushiriladi.

Shuningdek, Samarqand viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i F.Uralov axborotiga ko‘ra 2022 yil boshidan Samarqandga 240 ming 302 nafar xorijiy va 1 mln. 544 ming 823 nafar mahalliy turistlar tashrif buyurgani qayd etildi.

Bugungi kunda Samarqand viloyatida 365 ta yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalarni ishga tushirish orqali 15 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari, 62 ta yangi turizm yo‘nalishlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu rejalar asosida esa turistlarning shaharda qolishlarini yana 1 kunga uzaytirish orqali turizm xizmatlar eksportiga 14 mln. AQSh dol. qo‘shimcha tushum bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Yil yakuniga qadar jami 2 610 ta o‘ringa ega bo‘lgan 15 ta yangi mehmonxonalar foydalanishga topshiriladi.

Ochiqlik va oshkoralik, tanqidiy-tahliliy ruxda o‘tgan mazkur deputatlik eshituvida deputatlar tomonidan bir qator og‘riqli masalalar aytilib, savollar berildi. Ularning ijobiy yechimi tez orada hal etilishi bo‘yicha deputatlardan ham tashabbuskorlik ya’ni jamoatchilik nazorati kuchaytirilishi qayd etildi.

Fazliddin G’aybullayev,

O’zLiDeP Samarqand shahar Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    454
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+