Istiqlol istiqboli – birlik va jipslikda!

03.08.2022, 17:27

Istiqlol istiqboli – birlik va jipslikda!

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab millatlararo totuvlik g‘oyasi hayotga tatbiq etilib, bag‘rikenglik madaniyatini mustahkamlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

O’zLiDeP ham respublikamizda hukm surayotgan do‘stlik va hamjihatlik, uyg‘unlik va o‘zaro hurmat  muhiti, rivojlangan barg‘ikenglik va insonparvarlik madaniyati, millatlarararo va fuqarolararo do‘stlik — tinchlik va barqarorlik, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, xalqaro maydonda O’zbekiston nufuzining o‘sishi, xalq orzu-umidlar va intilishlarini hayotga joriy etishning muhim omili, deb biladi.

Shuning uchun ham partiya bu yo‘nalishda o‘z oldiga qator ustuvor vazifalarni belgilab olgan. Bo‘stonliq tumanidagi turli millat vakillari mehnat qilayotgan “Chorbog‘ Quyosh Nur” mas’uliyati cheklangan jamiyatida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Istiqlol istiqboli – birlik va jipslikda” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Unda Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlari, partiya tuman Kengashi raisi va o‘rinbosarlari, korxona ishchi-xodimlari, partiya va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida mahalliy Kengashdagi partiya deputati Mirzatilla Mirabdullayev so‘z olib, tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, jonajon O’zbekistonimiz bu yil o‘z davlat mustaqilliging 31 yilligini keng nishonlash arafasida turganini, o‘tgan shonli yillarda inson qadrini yuksaltirish borasida amalga oshirilgan islohotlar ko‘lami va mohiyatini targ‘ib qilishdan iborat ekanini bildirdi.

Bugun mustaqil O’zbekistonda barcha soha va tarmoqlarda olib borilayotgan amaliy ishlar inson, inson va yana inson uchun xizmat qilishga, uning qadrini yuksaltirishga qaratilgani xususida to‘xtaldi.

Yangi O’zbekistonimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elatlarning tinch-totuv, ahil-inoqlikda turmush kechirayotgani, ularni o‘zlarini namoyon etishlari uchun birdek teng imkoniyatlar yaratib berilgani masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Partiya ham jamiyatda tinchlik va osoyishtalik, barqarorlik, bag‘rikenglik, millatlararo va fuqarolar totuvligini mustahkamlashga, davlatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining majburiy va zarur sharti sifatida xavfsizlikka tahdidlarning oldini olishga ko‘maklashishni o‘z oldidagi ustuvor vazifa deb bilishini ta’kidladi.

O’zbekiston o‘z vaqtida tanlab olgan iqtisodiy taraqqiyot modelining naqadar to‘g‘ri ekani, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, xalqlarimiz o‘rtasida birlik va jipslikning mustahkam bo‘lishi – bu mustaqillikni mustahkamlashning asosiy omili bo‘lib xizmat qilishini uqtirdi.

Tadbirda qatnashgan korxona ishchi-xodimlari yagona Vatan bo‘lgan O’zbekistonda tinch va osoyishta hayot, yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar uchun shukronalik keltirishib, mamlakat mustaqilligini yanada mustahkamlash yo‘lida samarali mehnat qilish, o‘zaro do‘stlik muhitini yanada yaxshilash, bilimli farzandlar tarbiyalash orqali o‘z xissalarini qo‘shishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    164
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+