Deputatlar Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Angren shahar bo‘limi faoliyatini o‘rgandi

03.08.2022, 17:32

Deputatlar Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Angren shahar bo‘limi faoliyatini o‘rgandi

Bugun davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarining samarali faoliyat yuritishida jamoatchilik nazorati omili juda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlat organlarining qonunlarga qat’iy amal qilib, o‘z zimmalaridagi vazifa va majburiyatlarini mas’uliyat bilan ado etishlarida bu institutning ta’sir doirasi juda yuqori.

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi ham mana shunday ta’sirchan jamoatchilik nazorati organlaridan biri.

Yaqinda deputatlik guruhi rahbari Abduqodir Begmatov boshchiligida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Angren shahar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

Mazkur shahar bo‘limi rahbariyati deputatlik guruhining so‘rovnomasiga javoban 2022 yilning o‘tgan olti oyi mobaynida tashkilot tomonidan kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash bo‘yicha belgilangan tartibda MFYlaridan 8184 nafar oilaning arizasi qabul qilingan bo‘lib, shundan 3303 nafar oilaga (40 %) dastur tomonidan avtomatik tarzda ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlangani, 4881 nafarining (60 %) esa arizasi belgilangan me’yorlarga mos kelmaganligi uchun avtomatik tarzda rad etilganini bildirdi.

Bo‘limga kelib tushgan arizalar mazmuniga ko‘ra, 7899 tasi bolalar nafaqasi, 285 tasi moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi murojaatlar ekanini ma’lum qildi.

Shuningdek, pensiya jamg‘armasi shahar bo‘limi mutaxassislari arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni dasturga to‘g‘ri kiritilishini ta’minlashlari, nafaqalarning turi bo‘yicha tayinlash jarayonidagi barcha amallar dastur tomonidan avtomatik tarzda amalga oshirilishi borasida ham axborot berdi.

Nazorat-tahlil jarayonida pensiya jamg‘armasi shahar bo‘limi mutasaddilariga birinchi navbatda, inson manfaatlaridan kelib chiqqan holda faoliyat yuritish, bugun mamlakatda kechayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga nisbatan mas’uliyat, tashabbuskorlik, daxldorlik hissi bilan munosabatda bo‘lish lozimligini uqtirishdi. Har qanday qonunbuzilish holatlariga murosasiz bo‘linsagina, hududlarda barqaror rivojlanish bo‘lishini ta’kidlashdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    686
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+