Gurlanda ish boshlagan korxona 1200 nafardan ortiq xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlagan
03.08.2022, 17:36

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Xorazmda bo‘lib, Gurlan tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bilan muloqot qildi, ular faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Partiya yetakchisi o‘rganishlari davomida Gurlan tumanidagi “GLOBAL TEKS” MChJda bo‘lib, u yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi. Bu yerda paxtadan to tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonlar amalga oshiriladi. Mazkur korxona asosan trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 1200 nafardan ortiq gurlanlik xotin-qizlar va yoshlarning bandligi ta’minlangan. Korxonada 10 xil turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilib, asosan qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda. Turkiya davlatidan kelgan mutaxassislar tikuvchilik sexida ishchilarga sifatli mahsulot tayyorlash sir asrorlarini o‘rgatishmoqda. O’zining mahsus brendini yarata olgan va dunyo bozoriga mazkur brendda kirib borayotgan korxonaning kelajakdagi rejalari katta. Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanayotgan korxona vakillari Amerika Qo‘shma shtatlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu esa gurlanliklar tayyorlagan mahsulotlar amerika bozoriga ham kirib borayotganidan dalolat beradi.
A. Xaitov muloqotlar davomida tadbirkorlarning murojaatlari hamda takliflarini qabul qilish maqsadida O‘zLiDePda “call-center” yo‘lga qo‘yilganligi, tadbirkorlarning murojaatlari tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda hal etish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilishini ta’kidlab, ushbu korxonaning faoliyatini yanada kengaytirish va eksport qilishdagi muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashishda partiya hamisha tayyor ekanligini bildirdi.
Shundan so‘ng, korxonada boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzilib, bir guruh ishchi xodimlar partiya safiga qabul qilindi. O‘zLiDeP rahbari ishtirokida partiya a’zolik guvohnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Iqlim muammolari – barqaror rivojlanish yo‘lida eng asosiy tahdid
04.12.2023, 09:40
-
Markaziy Osiyo iqtisodiyoti – global ahamiyatga molik o‘zaro bog‘liqlik markazi
27.11.2023, 09:22
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirildi
10.11.2023, 15:50
-
Mirzaobod tumani sessiyasida mutasaddi rahbarlar ishiga tanqidiy baho berildi
10.11.2023, 15:45
-
Prezidentimiz Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
06.11.2023, 10:35
Fikringizni qoldiring