O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” yo‘nalishiga mas’ul xodimlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi
04.08.2022, 16:17

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi huzuridagi “Taraqqiyot” siyosiy ta’lim markazi tomonidan siyosiy kuchning “Ayollar qanoti” yo‘nalishiga mas’ul xodimlar, jumladan, hududiy kengashlarda ayollar masalalari bo‘yicha jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan rais o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi vakillari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, mutaxassis-ekspertlar va partiya faollari tegishli ma’ruza va chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Tadbirni O‘zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Mavluda Xo‘jayeva kirish so‘zi bilan ochib, bugun mamlakatimizda ayollarga qaratilayotgan yuksak e’tibor to‘g‘risida gapirdi.
Shundan so‘ng “O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” orqali amalga oshiriladigan ishlar va ularning tashkiliy-huquqiy asoslari”, “Mamlakatimizda oxirgi besh yillikda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy ko‘mak ko‘rsatish, huquqlarini himoya qilish yo‘nalishidagi islohotlar”, “Yosh xotin-qizlarning xuquq va erkinliklarini ta’minlash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari” kabi muhim mavzular doirasidagi ma’ruzalarda muhim fikr va takliflar o‘rtaga tashlandi hamda ko‘rgazmali o‘quv-uslubiy taqdimotlar o‘tkazildi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22
-
Nurobodlik ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda
04.05.2023, 16:17
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xotin-qizlar faollariga targ‘ib qilindi
19.04.2023, 14:59
-
Xotin-qizlar barcha sohada o‘zini namoyon etishga haqlidir
17.04.2023, 16:03
Fikringizni qoldiring