O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollarining G’ijduvon IT markaziga sayohati uyushtirildi

04.08.2022, 16:25

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollarining G’ijduvon IT markaziga sayohati uyushtirildi

Prezidentimizning IT sohasi vakillari bilan muloqotida ilgari surilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda hamda hududlardagi  yoshlarni sohaga qiziqishini orttirish maqsadida O’zLiDeP G’ijduvon tuman Kengashi xodimlari tomonidan MFYlardagi bir qator yoshlarning G’ijduvon IT markaziga sayohati tashkil etildi.

Mazkur markaz 2020 yil 30 dekabrda tashkil etilgan bo‘lib, yosh avlod vakillarini IT sohasiga qiziqtirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan sohaga oid 5 ta yo‘nalish faoliyat olib boradi.

Markaz faoliyatini boshqarib kelayotgan Umarjon Rajabov ustozligida hozirgi kunda markazda 50 ga yaqin ishtirokchilar bilim olib kelmoqda. Shuningdek, u yerda tashkil etilgan bir yillik va ikki oylik kurslar ham sohaga qiziquvchi yoshlar xizmatida.

Yaqinda mazkur o‘quv kurslarida tahsil olgan o‘quvchilaridan Soxibjon Subxonov o‘zining “fs” firmasiga asos solib IT park rahbari bo‘lishga muyassar bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    441
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+