BPT faollariga istiqlol bergan ne’matlar tushuntirib o‘tildi

04.08.2022, 16:28

BPT faollariga istiqlol bergan ne’matlar tushuntirib o‘tildi

O’zLiDeP Izboskan tuman Kengashi tashabbusi bilan tuman yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotida  Mustaqilligimizning 31 yilligi oldidan “Yangi O’zbekitonda - el aziz, inson aziz!” bosh g‘oya ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

“O’zLiDeP bilan yangi marralar sari boramiz!” mavzusida tashkil etilgan mazkur tadbir partiyaning dasturiy maksad-vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari targ‘ibotini, joriy yilda elektorat oldiga qo‘yilgan dolzarb vazifalar ijrosini nazarda tutuvchi masalalarni o‘zida ifoda etdi. Unda so‘z olgan viloyat Izboskan tuman Kengashi apparat rahbari Zuxraxon Xaydarova bugun partiyaning yetakchi kuchlari bo‘lgan tadbirkorlar va fermerlar mamlakat iqtisodiyotining asosi bo‘layotganini ta’kidlab, bu borada partiyaning ishbilarmonlik muhiti rivojida tutgan o‘rnini misollar bilan qayd etdilar.

-Tadbirda bildirilgan fikr-mulohazalar, siyosiy jarayonlarga qiziqishlar safdoshlarimiz soni ortishiga sabab bo‘ldi, - deydi tuman yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri qoshidagi BPT raisi Sherzodbek Soliyev.– Albatta, avvalo ishonch bo‘lishi kerak. Bugun partiya deputatlarining amaliy ishlari ana shu ishonchning tobora mustahkamlanib borishiga zamin bo‘lmoqda.

Tadbir yakunida tashkilotning 20 nafar xodimi partiya a’zolari safiga qabul qilindilar.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    397
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+