O'zLiDeP ishchi guruhi vakillari tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rganyapti
04.08.2022, 16:29

O'zLiDeP Marhamat tuman Kengashi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolarining tadbirkorlik sub’ektlarida o‘rganish ishlari davom etmoqda. Ishchi guruh a’zolari tumanda joylashgan “Kasaba tekstil hamkor” MChJga tashrif buyurdi.
2020 yilning 16 iyunida foydalanishga topshirilgan tikuvchilik korxonasi 250 o‘rinli ish o‘rniga ega. Mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyatda bugungi kunda 112 nafar qishloq ayollarining bandligi ta’minlangan. Chevarlar tomonidan tikilayotgan mahsulotlar bugungi kunda Rossiya davlatiga eksport qilinmoqda.
-Korxona ishchilari dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib turiladi, - deydi “Kasaba tekstil hamkor” MChJ menedjeri, partiya faoli Sh.Akbarov. - Korxonada ovqatlanish, dam olish va maishiy xonalar mavjud. (kiyimxona, yuvinish, ayollarning shaxsiy gigiyena xonalari va boshqalar) bilan jihozlangan.
Korxona rahbarining kelgusidagi rejalari katta. Tikuvchilik korxonasi yangi tashkil etilganligi, sifatli va faqat eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilganligi sababli malakali ishchilarga ehtiyoj borligi, yangi ishchi ayollarni o‘qitish va o‘rgatish, ustoz-shogird an’anasini yo‘lga qo‘yayotgani ishchi guruh a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Korxona ishchilari partiya vakillari bilan muloqot jarayonida mamlakatimizda tadbirkorlarga, xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibordan mamnunligini e’tirof etishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Davlat dasturining 67-maqsadi Hazoraspda qanday bajarilyapti?
23.11.2023, 18:03
-
Ishchi guruh vakillari IT sohasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini muhokama qildi
14.11.2023, 16:47
-
Yutuqlar bor, muammolar ham yo‘q emas
13.11.2023, 16:53
-
Ishchi guruh tomonidan oilaviy poliklinikalarda isitish tizimi tayyor emasligi aniqlandi
10.11.2023, 16:58
-
Zarbdordagi tibbiyot muassasalari kuz-qish mavsumiga tayyormi?
08.11.2023, 17:05
Fikringizni qoldiring