O’zLiDeP “Ayollar qanoti” tadbirkorlik sub’ektlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning ish faoliyati bilan tanishdi

05.08.2022, 14:15

O’zLiDeP “Ayollar qanoti” tadbirkorlik sub’ektlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning ish faoliyati bilan tanishdi

Asaka tumanidagi “MINI MAKS” tikuv-trikotaj ishlab chiqarish korxonasi qo‘shni davlatlarga eksportni yo‘lga qo‘ygan. Bu yerda bandligi ta’minlangan 120 nafarga yaqin xotin-qizlar hamisha O’zLiDeP bilan hamnafas.

O’zLiDeP Asaka tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tashabbusi bilan mazkur korxonada tashkil etilgan “Xotin-qizlarni ishbilarmonligini oshirish – ezgu maqsadimiz” mavzusidagi davra suhbati ayollarda ishbilarmonlik salohiyatini oshirishga xizmat qildi.

- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonning 69-maqsadda belgilangan vazifalar yuzasidan 110 nafar ishtirokchi ayollarga mavzu doirasida maslahat va tavsiyalar berildi, - deydi partiya Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputat yordamchisi Umidaxon Nazarova. - Bugun har jabhada xotin-qizlarimiz erkinliklari va huquqlari qonun bilan kafotlangan. Bundan tashqari, kambag‘allikni qisqartirish maqsadida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar asosida tadbirkorlik va hunarmandchilikni yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashish masalalarida fikr yuritildi.

Davra suhbati davomida partiyaning maqsad va vazifalari batafsil tushuntirilib, joriy yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda faol ishtirok etishga chaqirildi. Korxona rahbari va faol ishchi xotin-qizlarga partiyaning maxsus sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    450
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+