Mustaqilligimizning 31 yillik tantanasi munosabati bilan joylarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

05.08.2022, 14:19

Mustaqilligimizning 31 yillik tantanasi munosabati bilan joylarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

Ayni paytda yurtimizning barcha go‘shalarida bayram shukuhi hukmron. Mustaqilligimizning 31 yillik tantanalari munosabati bilan joylarda ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Shunday tadbirlardan biri O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi hamda Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda “Ayting, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?!” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda mustaqillik sharofati bilan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa, so‘nggi olti yilda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish, shuningdek, iqtidorli yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

- Yurtimizda yoshlarga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan, - deydi tadbir ishtirokchilaridan biri Elbek Xolqo‘ziyev. – Shunday ekan, biz yoshlar ham o‘z o‘rnida, “Biz Vatan uchun nima qildik?”, deb yashashimiz kerak.

Tadbirda barcha yoshlarni mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik tantanalarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish borasida belgilangan tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qoldilar.

Xolbek Asatov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    487
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+