Bog‘otlik tadbirkorlar va tomorqachilarning ish faoliyati bilan tanishilib, muammo va takliflari o‘rganildi
05.08.2022, 15:58

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda O’zbekiston fermer va dehqon xo‘jaligi yer egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov Xorazmda tadbirkorlik sub’ektlari, fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishish davomida Bog‘ot tumanida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdi. Tumanning eng chekka hududi sanalgan “Gulshan” mahallasidagi “PERFEKT LOGISTIC” MChJda bo‘lib, qovun, sabzi, olma, o‘rik, uzum, turli xil qovoqlar va barcha turdagi meva-sabzavotlarni quritish, lavanda gulidan efir moyi olish jarayonini ko‘rib, tadbirkorning ishlaridan mamnun bo‘ldilar.
Aktam Xaitov bog‘otlik tadbirkorlar, tomorqachilar bilan eksportbop bulg‘or qalampiri yetishtirilayotgan issiqxonada o‘zaro muloqotlar olib bordilar va ularni qiynayotgan muammolarni o‘rgandilar. Tomorqachilar qishki hosil uchun urug‘lik olishga daromadlari yetmayotgani bois subsidiyalar ajratish, issiqxonalarni isitish uchun yoqayotgan gaz narxining yuqoriligi, tijorat banklaridan kredit olishdagi kechikishlar borasidagi muammolarni yechishda amaliy yordam so‘radilar.
Partiya rahbari O’zbekiston fermer va dehqon xo‘jaligi yer egalari Kengashi qoshidagi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan muzlatgichlar qurishga ajratiladigan subsidiyalar, bir nechta tomorqachilarni birlashtiradigan kooperativlar tashkil etish, unga jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish orqali tomorqachilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi haqida tushuntirishlar berdi. Shuningdek, dala do‘konlarini ko‘paytirish, parrandachilikni rivojlantirish va tomorqachilikda ixtisoslashuvlar xususida o‘zaro fikr almashdilar.
O'xshash yangiliklar
-
Markaziy Osiyo iqtisodiyoti – global ahamiyatga molik o‘zaro bog‘liqlik markazi
27.11.2023, 09:22
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirildi
10.11.2023, 15:50
-
Mirzaobod tumani sessiyasida mutasaddi rahbarlar ishiga tanqidiy baho berildi
10.11.2023, 15:45
-
Prezidentimiz Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
06.11.2023, 10:35
-
O’zbekiston va Fransiya: uzoq muddatli aloqalarning zamonaviy bosqichi
03.11.2023, 15:36
Fikringizni qoldiring