Tomorqachi ayol – farovonlik bunyodkori

05.08.2022, 16:03

Tomorqachi ayol – farovonlik bunyodkori

O’zLiDeP Paxtakor tuman Kengashi tashabbusi bilan “Oq buloq” MFYda yashovchi Dilbar Jozilova xonadonida "Namunali tomorqachi ayol - farovonlik bunyodkori" loyihasi doirasida navbatdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

Unda mahalladagi “Temir daftar”ga kiritilgan 10 nafar ayolga tajribali tomorqachining ish tajribalari o‘rgatildi.

- Ayni paytda tomorqachilik bilan mashg‘ul bo‘lishni xohlagan yoki kichik issiqxona qurish istagidagi ayollarga mahallalardagi hokim yordamchilari, deputatlar bilan birgalikda barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ular har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda, - deydi partiya tuman Kengashi apparat rahbari Muhabbat O’rolova.

Qishloq joylarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish, tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga ko‘maklashish, shu bilan birga ayollar orasidagi ishsizlik darajasini kamaytirishda tomorqachilikning ham alohida o‘rni bor. Kaftdek yerdan katta daromad qilayotgan tomorqachi ayollar faoliyati bunga yorqin misol. Dilbar Jozilova ham 12 sotix yer maydonida pomidor, bulg‘or qalampiri yetishtirmoqda. Yetishtirilgan hosil avvalambor oila dasturxoniga fayz kiritayotgan bo‘lsa, ortgani bozorga chiqarilmoqda. Demak, mahallada tomorqachilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan ayollar uchun daromad manbalarini shakllantirish mumkin. Amaliy mashg‘ulotlarda aynan mana shu tomonlar qatnashchilarga tushuntirib o‘tildi.

Saida Umaraliyeva,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

 “Ayollar qanoti” guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    538
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+