Jonajon O’zbekistonimiz 31 yoshda

05.08.2022, 16:07

Jonajon O’zbekistonimiz 31 yoshda

Jonajon Vatanimiz – O’zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 31 yil to‘lmoqda.

 Mamlakatimiz mutaqilligining 31 yilligini nishonlash arafasida, o‘tgan davr mobaynida bosib o‘tilgan yo‘limizga yana bir bor nazar tashlash, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilgan ishlar, erishgan natijalarni xolisona baholash va ularning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik, butun xalqimizning ongi shuuriga yetkazish maqsadga muvofiqdir.

O’zLiDeP Samarqand shahar Kengashi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ijrosini ta’minlashni munosib kutib olish va tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini boshlab yuborgan. Shunday tadbirlardan biri Samarqanddagi Markaziy harbiy okrugida tashkil etildi.


“Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz”! shiori ostida Jamiyatda hukm surayotgan o‘zaro hurmat va birdamlik vaziyatini yanada mustahkamlash maqsadida “Qo‘shnichilik munosabatlarda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat ruhida bo‘lish — yurtimizda ahillikni mustahkamlashning eng muhim omil” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlari, partiya shahar Kengashi raisi va o‘rinbosarlari, Markaziy harbiy okrugi tinglovchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda Xalq deputatlari shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Olim Pardayev so‘z olib, tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, jonajon O’zbekistonimiz bu yil o‘z davlat mustaqilliging 31 yilligini keng nishonlash arafasida turganini, o‘tgan shonli yillarda inson qadrini yuksaltirish borasida amalga oshirilgan islohotlar ko‘lami va mohiyatini targ‘ib qilishdan iborat ekanini bildirdi.

Bugun mustaqil O’zbekistonda barcha soha va tarmoqlarda olib borilayotgan amaliy ishlar inson qadrini yuksaltirishga qaratilgani xususida to‘xtaldi.

Yangi O’zbekistonimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elatlarning tinch-totuv, ahil-inoqlikda turmush kechirayotgani, ularni o‘zlarini namoyon etishlari uchun birdek teng imkoniyatlar yaratib berilgani masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Tadbirda qatnashgan institut o‘qituvchi-professorlari yagona Vatan bo‘lgan O’zbekistonda tinch va osoyishta hayot, yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar uchun shukronalik keltirishib, mamlakat mustaqilligini yanada mustahkamlash yo‘lida samarali mehnat qilish, o‘zaro do‘stlik muhitini yanada yaxshilash, bilimli farzandlar tarbiyalash orqali o‘z xissalarini qo‘shishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Fazliddin G’aybullayev,

O’zLiDeP Samarqand shahar  Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    883
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+