O'zLiDeP ishchi guruhi hududlarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini o‘rganmoqda

09.08.2022, 15:30

O'zLiDeP ishchi guruhi hududlarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini o‘rganmoqda

O'zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova, O'zLiDeP deputatlik guruhi rahbari, viloyat deputati Ra’noxon Sattarova, partiya apparat xodimlari tomonidan Andijon shahrida ayollar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

Jumladan, mazkur topshiriq asosida joriy yilning 5-27 yanvar kunlarida Andijon shahar bo‘yicha o‘tkazilgan xatlov natijalari asosida mavjud 83 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan 30 yoshdan yuqori bo‘lgan 85 ming 118 nafar xotin-qizlar mavjudligi aniqlandi.

2022 yilning 27 yanvar holatiga 83 ta MFYda xatlov jarayonlari yakuniga yetkazilib, 83 ming 117nafar 30 yoshdan yuqori bo‘lgan xotin-qizlar xatlovdan o‘tkazilgan.

Shuningdek, mazkur topshiriq asosida joriy yilning 5-27 yanvar kunlarida Andijon shahar bo‘yicha o‘tkazilgan xatlov natijalari asosida mavjud 83 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan 30 yoshdan yuqori bo‘lgan 85 ming 118 nafar xotin-qizlar mavjudligi aniqlandi.

Joriy yilning 8 iyul holatiga 7850 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning 4749 nafari (60,5%)ga yordamlar ko‘rsatildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz 605 nafar xotin-qizlarning 578 nafari (95,5 %)ga yordam berildi.  Shuningdek, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand 1949 nafar xotin-qizlarning 254 nafari (13 %)ga imtiyozli kreditlar ajratildi. Jami 2 mlrd 343 mln.so‘m kredit chiqarildi. Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand 4093 nafar xotin-qizlarning 2880 nafariga (70,4 %)ga bir martalik moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Ishchi guruh vakillari o‘rganish davomida Andijon shahridagi “O’zbegim”, “Qo‘tanariq” mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Ayollar daftari” bo‘yicha xatlov jarayonlarini qay darajada shakllangani, bu borada hududlarda sektor va mahalla fuqarolar yig‘inlari hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi muhokama etildi. Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inlarida xotin-qizlar muammolari bo‘yicha ularga manzilli ko‘mak ko‘rsatish, ayollarga huquqiy, psixologik, tibbiy yordam berish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, “Temir daftar”ga kiritilgan ayollarni tadbirkorlikka jalb qilish orqali ehtiyojmandlikdan chiqarish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

  • Ko'rildi
    365
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+