Ayolni e’zozlasak - e’zoz topamiz

09.08.2022, 15:38

Ayolni e’zozlasak - e’zoz topamiz

O’zLiDeP Qarshi tuman kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan “IYMAN tekstil” MChJ qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan  “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida “Ayolni e’zozlasak – e’zoz topamiz” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Unda BPT raisi Yulduz Yo‘ldosheva, partiya faoli Sherzod Ravshanov va boshqalar so‘zga chiqib, mustaqillik  yillarida Vatanimiz, xalqimiz hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar, tafakkurimizdagi yangilanishlar, istiqlolning vatanimiz hayotida tutgan o‘rni, u in’om etgan cheksiz imkoniyatlar, ayniqsa, xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, partiyaviy loyihalarning amaliyotga tatbiq asnosida ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantirish orqali xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasidagi ishlar haqida so‘zladilar. Jamiyat bundan ikki yil muqaddam tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 25 nafar qizlarning bandligi ta’minlangan. Ularning barchasi O’zLiDeP a’zolari sanalishadi.

Bu yerda ishlab chiqarilayotgan o‘ndan ortiq turdagi tikuvchilik mahsulotlari shartnoma asosida Jizzax viloyati savdo korxonalariga yetkazib berilayapti. Tadbir so‘ngida xotin-qizlarga partiyaviy targ‘ibot vositalari tarqatildi. 

Feruza MUSTAYEVA,

O’zLiDeP Qarshi tuman kengashi raisi o‘rinbosari,

apparat rahbari. 

  • Ko'rildi
    493
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+