Mustaqillik yoshlar taqdirida

10.08.2022, 15:53

Mustaqillik yoshlar taqdirida

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan Zafarobod tuman kasb-hunar maktabida Mustaqillikning 31 yilligi munosabati bilan, “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Mustaqillik yoshlar taqdirida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ma’lumki, mamlakatimizda aholining ko‘pchilik qismini yoshlar tashkil qiladi. Zafarobod tumanida 51 800 nafar aholining 13854 nafari yoshlar hisoblanadi. Ayni paytda tumanda yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish va shu asnoda ularning bandligini ta’minlash maqsadida bir qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. E’tiborli tomoni, bu jarayonlarda O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” a’zolari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi olti yilda mamlakatimizda yoshlarning bilim olishlari, o‘zlari tanlagan sohalarda faoliyat ko‘rsatishlari, iqtidorlarini namoyon qilib, yuksak marralarga erishishlari uchun juda katta imkoniyatlar yaratilayotgani haqida so‘z yuritildi.

Qalblarida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ulari jo‘sh urayotgan yoshlar ham o‘z o‘rnida yurtimizni har tomonlama erkin, obod va farovon mamlakatga aylantirishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishlari lozimligi aytib o‘tildi. Oliy ne’mat bo‘lgan mustaqillikni asrab-avaylash, mustahkamlash har bir fidoyi yurtdoshimizning burchi ekanligi alohida ta’kidlandi.

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi

  • Ko'rildi
    291
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+