Deputat yoshlar bilan uchrashdi

10.08.2022, 15:55

Deputat  yoshlar  bilan  uchrashdi

17-Tutzor saylov okrugidan xalq deputatlari Shahrisabz shahar kengashi deputati Fazliddin Radjabovning Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan  “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shahrisabz IT texnologik parkida bo‘lib o‘tgan anjumanda tuman va shaharda istiqomat qilayotgan yoshlar ishtirok etishdi.

Deputat o‘z so‘zida o‘tgan olti yil mobaynida mamlakatimizda yosh avlodning barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishlari uchun ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar, Prezidentimizning IT sohasi vakillari bilan muloqot chog‘ida ilgari surilgan maqsad va vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.

Uchrashuv qatnashchilari  texnologik parkda tashkil etilgan bir yillik va ikki oylik kurslarda  beshta yo‘nalish bo‘yicha  o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish borasidagi ishlar bilan ham tanishdilar. Partiya noibi yoshlarning qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar qaytarar ekan, istiqlolimizning so‘nggi olti yilida Yangi O’zbekistonimizda amalga oshirilgan islohotlarimiz natijasida  mamlakatimizning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotini tubdan o‘zgartirish borasida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilganligini alohida qayd etdi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    323
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+