Deputatlar sayyor qabuli: Taxiatoshliklarning muammolari tingladi

10.08.2022, 15:56

Deputatlar sayyor qabuli: Taxiatoshliklarning muammolari tingladi

O’zLiDeP Taxiatosh tuman Kengashi tomonidan deputatlar bilan hamkorlikda  sayyor qabul tashkil qilindi.

Sayyor qabulda “Nurli keleshek” mahalla fuqarolar yig‘inida  istiqomat qiladigan  aholi muammolari  tinglandi. 

Jumladan, mazkur mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro Maqset O’temuratov kelini uyini ta’mirlab berishda yordam so‘radi. Bu murojaat esa “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali sessiyada ko‘rib chiqishini aytdi.   

Yana bir fuqaro Dina Kuzenbayeva ham sog‘ligini tiklash uchun bir martalik yordam puli berishini so‘rab murojaat qildi. Bu bo‘yicha xalq vakili mahallaga tegishli hujjatlarini topshirish kerakligi  tushuntirildi.    

Qabul davomida fuqarolar tomonidan kelib tushgan muammolarning aksariyati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan bo‘lsa, yechimini kutib turgan muammolarni o‘rganib o‘z vaqtida hal qilinishi borasida vazifalar belgilab olindi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

 

  • Ko'rildi
    355
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+