Paxta narxining oshgani barcha fermerlarimizning manfaatdorligini oshiradi

12.08.2022, 17:15

Paxta narxining oshgani barcha fermerlarimizning manfaatdorligini oshiradi

Prezidentimizning 2020 yil 6 mart kuni imzolangan «Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori biz kabi fermer xo‘jaliklarida mehnat qilayotgan xalqimizning birini ikki qiladigan, kosasini oqartiradigan tarixiy hujjat bo‘ldi.

Binobarin, bu orqali dehqonlarning oyog‘iga tushov bo‘lib kelgan paxta bo‘yicha davlat buyurtmasi bekor qilindi va amaliy harakatlarga keng yo‘l ochildi. 

Ayniqsa, bu yilgi paxta hosili uchun ya’ni, o‘rta tola navli paxta xomashyosi minimal narxi (QQS bilan birga) 10 ming 25 so‘mni, 1 tonna ingichka tola navli paxta xomashyosi minimal narxi (QQS bilan birga) 15 ming 120 so‘mni tashkil etgani barcha fermerlarimizning manfaatdorligini oshiradi.

Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda paxta xom-ashyosini yetishtirish, xarid qilish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish hamda ushbu yo‘nalishda fermer xo‘jaliklari manfaatdorligini oshirishning yangi mexanizmlari belgilab beriganligining o‘zi biz dehqonlarning mehnatimizga berilayotgan ulkan e’tibor va beqiyos hurmatning namunasi deb bilamiz.

Aytish joizki, yurtimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy etilgan klaster tizimi oxirgi uch yillikning eng muhim o‘zgarishlaridan biri bo‘ldi. Qisqasi, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida yangi davr boshlanmoqda.

Joriy etilayotgan zamonaviy mexanizmlar agrar sohadagi unumdorlik, manfaatdorlik, tarmoqda mehnat qilayotgan millionlab insonlarning turmushiga yorug‘lik, farovonlik olib kirmoqda. Ko‘rilgan oqilona chora- tadbirlar natijasida ushbu muammolarga ham to‘liq yechim topildi.

Fermerlarimizga qarata shuni aytmoqchimanki, mehnat qilishdan hech ham to‘xtamang, ushbu yangilikdan ruhlanib, bu yilgi paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ib oling, xirmonizga baraka bersin.

Sharifboy RAJABOV,

O’zbekiston Qahramoni,

«Bog‘ot» fermer xo‘jaligi rahbari.

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    431
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+