BPTlarda “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

16.08.2022, 11:00

BPTlarda “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi sanasi munosabati bilan O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tarkibidagi Boshlang‘ich partiya tashkilotlarida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

- Ayni paytda partiya Baxmal tuman Kengashi tarkibida o‘z saflariga 6406 nafar maslakdoshlarimizni birlashtirgan 63 ta quyi bo‘g‘in faoliyat olib bormoqda. Mazkur boshlang‘ich partiya tashkilotlarida istiqlolimizning 31 yillik qutlug‘ to‘yi arafasida bo‘lib o‘tayotgan tadbirlarda mustaqilligimizning hayotimizda tutgan o‘rni, uning tarixiy ahamiyati haqida so‘z yuritilmoqda, - deydi O`zLiDeP  Baxmal tuman Kengashi raisi Parda Nosirov.   -  Shuningdek, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish,  tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish borasidagi ustivor vazifalarni hayotga joriy qilishda Boshlang‘ich partiya tashkilotlarining o‘rni masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Begimqul Usanov yetakchilik qilayotgan va 56 kishini o‘z saflariga birlashtirgan Baxmal kasb-hunar kollejidagi quyi bo‘g‘inda bo‘lib o‘tgan “Yangi O’zbekistonni birgalikda bunyod qilamiz!” deb nomlangan davra suhbatida ham mustaqillik yillarida qo‘lga kiritgan yutuq va muvaffaqiyatlarimizni yanada mustahkamlash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib borayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Joylarda bo‘lib o‘tayotgan bayramoldi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida quyi bo‘g‘in a’zolarining faolligini yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Shohruh O’razboyev,

O`zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi BPTlar bilan

 ishlash guruhi rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    964
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+