Taxiatoshlik mahalla xotin-qizlari tadbirkorlik sub’ektiga sayohat qilishdi

16.08.2022, 11:04

Taxiatoshlik mahalla xotin-qizlari tadbirkorlik sub’ektiga sayohat qilishdi

Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida O’zLiDeP tomonidan o‘tkazilayotgan bir qator istiqbolli loyihalar doirasida joylarda turli xil mazmunda uchrashuvlar, master klaslar tashkil qilinmoqda.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan ham “Bunyodkor ayollar”, “Sog‘lom oila – mustahkma oila”, “Farovon oila” partiyaviy loyihalari doirasida tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

O’zLiDeP Taxiatosh tuman Kengashi tomonidan “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida tadbirkorlikka qiziquvchi xotin-qizlar uchun "Dilarom tekstil" MChJ ga sayohat tashkil qilindi.  

Maqsad esa O`zLiDeP partiyasining dasturiy maqsad va vazifalari  targ‘ibotini yanada kuchaytirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish,  ayollarni kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik sohalariga keng jalb etish, shuningdek, bugungi islohotlar mazmun-mohiyatini jamiyatimizning ilg‘or qatlami bo‘lmish tadbirkor, fermer xotin-qizlarga yetkazish, ularning tajribasini ommalashtirishdan iborat.

Korxona rahbari Dilarom Madaminova tikuvchilik sexida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirar ekan, tikilayotgan kiyimlar,  buyurtmalar, tadbirkorlikning aynan tikuvchilik yo‘nalishiga qiziquvchi  qizlarga o‘z  faoliyatini qanday boshlaganligi,  kelgusi  reja  va maqsadlari  bilan o‘rtoqlashdi. 

Uchrashuvda xotin-qizlarimiz tadbirkorlik sohasiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi. 

Ma’lumot o‘rnida "Dilarom tekstil" MChJ o‘z faoliyatini 2017 yili 4ta tikuv mashinasi bilan boshlagan bo‘lsa, hozirgi kunda 300,0 mln so‘m  imtiyozli kredit olib, o‘z tikuv sexini tashkil qildi, 20 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minladi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    415
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+