“Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida ayollar uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

17.08.2022, 17:45

“Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida ayollar uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Eng aziz, eng ulug‘ bayram - O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida “Jismoniy va ma’naviy kamolot uyg‘unligi – sog‘lom va farovon turmush garovi” mavzusida xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy - ko‘rik davomida ushbu hududdagi “Temir”va “Ayollar” daftari ruyxatida turuvchi 41 nafar xotin-qizlar, 15 bolajonlar terapevt, lor, okulist boshqa xastaliklarni davolovchi malakali shifokorlar kabulida bo‘lib, UZI apparatidan o‘tkazildilar hamda mutaxassis vrachlarning tegishli maslahat hamda tavsiyalarni, tibbiy muolajalarni oldilar. Tibbiy-ko‘rik doirasida 5 turdagi dori-darmonlar tarqatildi. Sog‘lom turmush tarzini yuritish va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha foydali maslahatlar berildi.

Bunday tadbirlarni tashkil etishdan maqsad - xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish,onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘lom millat genofondini asrashga ko‘maklashish, har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish va yuqori bosqichga ko‘tarish, ularninng ijtimoiy-siyosiy va tibbiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.

Tadbirda ishtirok etgan O’zLiDeP Buxoro shahar Kengashi apparati rahbari No‘‘mon Sa’dulloyev hamda mahalliy Kengash deputati Nargiza Dilovalar tomonidan ishtirokchilarga Prezidentimizning  “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarorida belgilab berilgan vazifalar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar batafsil tushuntirib berildi. Qarorning mazmun-mohiyati, xususan yurtimizda mustaqillik yillarida ro‘y bergan tub o‘zgarishlar, aholini ijtimoiy-iqtisodiy muhofazalash bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar haqida ham fikrlar yuritilib, mustaqillik- oliy ne’mat ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

  • Ko'rildi
    777
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+