Rishton tumanida "Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida madaniy-marifiy tadbir o‘tkazildi

18.08.2022, 17:03

Rishton tumanida

Ayni kunlarda O’zbekiston mustaqilligining 31 yillik bayramini munosib kutib olish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Bo‘lib o‘tayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda bu yilgi istiqlol ayyomining "Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz" bosh g‘oyasi mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratilmokda.

O’zLiDeP tuman Kengashi tomonidan mazkur bayramga tayyorgarlik ko‘rish va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida partiya tuman Kengashi xodimlari, shuningdek halq deputatlari viloyat, tuman Kengashi deputatlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda tuman Kengashi deputati Asrorjon Xikmatov so‘zga chiqib, yurtimizda inson qadrini ulug‘lash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, xotin-qizlarga, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida gapirib o‘tdi.

Tadbir yakunida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar yuritilib, yig‘ilish istirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    489
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+