Xorazmning eng ilg‘or ishbilarmon ayollari aniqlandi
18.08.2022, 17:17

Xorazmda “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori asosida “Ishbilarmon ayol-2022” ko‘rik-tanlovining hududiy Respublika bosqichi o‘tkazildi.
2016 yildan boshlab o‘tkazilib kelinayotgan mazkur tanlov doirasida tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etgan xotin-qizlar soni jami ming nafardan oshdi.
Joriy yilning o‘tgan davri davomida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik tanlovi doirasida 13 ta tuman, shahar bosqichlari tashkil etilib, tanlovda faol ishtirok etgan 700 nafar tadbirkor, fermer, hunarmand, ishlab chiqarish sohasi vakillaridan iborat xotin-qizlardan 13 nafari tanlovning xududiy Respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi.
Dastlab tadbirkor va fermer ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda tadbirkor, ishbilarmon, hunarmand, fermer xotin-qizlarning mahsulotlari ko‘rik-tanlov ishtirokchilarida milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, Mustaqillikka bo‘lgan shukronalik hissini uyg‘otdi. Tanlov jarayonida ishtirokchi xotin-qizlar faoliyatini baholashda tanlov nizomiga asosan hakamlar hay’ati tomonidan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha yangi ish o‘rni yaratganligi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb bo‘yicha o‘qitgani, bandligini ta’minlagan va hayotda o‘z o‘rnini topib ketishida ko‘maklashganligi, faoliyat turidan kelib chiqib eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish bilan birga zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratgani, aholiga ko‘rsatayotgan xizmatining sifati hamda faoliyatida hayotga tatbiq etib kelayotgan yangi innovatsion g‘oyalari ham baholashda alohida e’tiborga olindi.
Ishbilarmon ayollarning chinakam bayramiga aylangan mazkur tadbir davomida ayolni, Vatanni, istiqlolni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar sadosi ostida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik-tanlov yakuniy xulosasiga ko‘ra 1-o‘rinni Xonqa tumani "Xonqa chorva kapital" MChJ rahbari Nilufar Mahmudova qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2- o‘rinni Urganch tumanidagi "Azamat o‘g‘li Asadbek" ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Muyassar Quryazova hamda 3-o‘rin Xiva shahardagi yakka tadbirkor Gulnoza Atajanovalarga nasib etdi.
Shuningdek, “Zamonaviy tashabbuskor ayol”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Qishloqni ijtimoiy rivojlantirishda faollik ko‘rsatgan fermer ayol”, “Investitsiyalarni jalb qilishda tashabbus ko‘rsatgan ishbilarmon ayol”, “Eng yosh, faol ayol tadbirkor” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. G’oliblarga va faol ishtirokchilarga partiya va hamkor tashkilotlarning diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Musharraf Raximova,
O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22
-
Nurobodlik ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda
04.05.2023, 16:17
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xotin-qizlar faollariga targ‘ib qilindi
19.04.2023, 14:59
-
Xotin-qizlar barcha sohada o‘zini namoyon etishga haqlidir
17.04.2023, 16:03
Fikringizni qoldiring