Yozyovonlik tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi

19.08.2022, 14:53

Yozyovonlik tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi

O`zLiDeP Yozyovon tuman kengashi tomonidan "Deputatlar va  tadbirkorlar muloqoti" forumi  "Yangi O’zbekistonda el aziz inson aziz" shiori ostida o‘tkazildi.

Deputatlik guruhi, mutasaddi tashkilot rahbarlari tumandagi tadbirkorlar bilan uchrashdi. Unda 30 nafardan ziyod fuqarolar tadbirkorlik ishlarida yuzaga kelayotgan muammolar, yangi loyiha va takliflari bilan qatnashdilar.

Xususan, asalarichilik, chorvachilikni rivojlantirish, kredit to‘lovini undirish, xizmat ko‘rsatish uchun joy, tadbirkorlik uchun kichik sanoat zonasidan yer maydoni ajratish, soliq to‘lovlarida yengillik yaratish, kadastr hujjatlaridagi muammolar, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit mablag‘lari ajratish kabi turli yo‘nalishlarda murojaatlar yo‘llashdi.

Qabulda har-bir murojaatlar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli tashkilot rahbarlariga yo‘naltirildi.

  • Ko'rildi
    198
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+