Deputatlik eshituvi: Quvada yangi barpo etilayotgan uy-joylarning qurilish holati muhokama qilindi

19.08.2022, 14:58

Deputatlik eshituvi: Quvada yangi barpo etilayotgan uy-joylarning qurilish holati muhokama qilindi

O'zLiDeP Quva tuman Kengashi deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar tumanda yangi qurilayotgan uy-joy va binolarda xavfsizlik darajasi yuqori bo‘lgan zamonaviy transformatorlardan foydalanish bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari I.Najmidinovning hisoboti eshitildi.

Bundan tashqari, tumanning “Turk” mahalla fuqarolar yig‘ini “Mingchinor” qishlog‘i hamda “Qaqir” mahalla fuqarolar yig‘ining “Begat” qishlog‘ida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarning qurilishi hamda ulardagi kommunikatsiya va zamonaviy transformatorlar tizimida olib borilayotgan ishlarga ahamiyat qaratdi.

O’rganishlar davomida “Quva Impeks” XK, “Iqtisod” XIChF, “Garant aik servis” MChJ qurilish tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan uylar aholiga foydalanish uchun tayyor holatga keltirilganligi, hozirda uylarning kirish qismlarida oxirgi pardozlash hamda obodonlashtirish ishlari olib borilayotganligi aniqlangan. Ko‘p qavatli turar joylarni muhandislik kommunikatsiya tarmoqlariga ulash bo‘yicha loyiha asosida tadbirlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.

  • Ko'rildi
    497
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+