“Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz”
19.08.2022, 15:03
AYOLLARI E’ZOZLANGAN YURT
Namangan viloyati xotin-qizlar tadbirkorlik markazining To‘raqo‘rg‘on tumani filialida "Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Unda viloyat xotin-kizlar tadbirkorligi markazi hamda tuman bo‘linmasi rahbarlari, O’zLiDeP tuman kengashi vakillari so‘zga chiqib, barchani eng ulug‘, eng aziz bayram bilan tabrikladilar. So‘ngra mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, xotin-kizlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning oiladagi va jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, kasb-hunarga o‘qitish, ish bilan ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, markazda 70 nafardan ortiq xotin-qizlar bepul kasb-hunar egallaganliklari ta’kidlab o‘tildi.
Muzokarada so‘z olganlar bu imkoniyatlar, imtiyozlar uchun Prezidentimizga, tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.
Tadbir yakunida markaz bitiruvchilariga kasb-hunar egallaganliklari to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
-
Mahalladagi xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi
01.03.2024, 22:01
-
Gulchi opa mahalla xotin-qizlariga o‘z tajribasini ommalashtirdi
24.02.2024, 12:22
Fikringizni qoldiring