O’zLiDeP yoshlar biznes turi: Ohangaronlik salohiyatli tadbirkor yoshlar o‘z biznes rejalari bilan o‘rtoqlashdi

19.08.2022, 15:09

O’zLiDeP yoshlar biznes turi: Ohangaronlik salohiyatli tadbirkor yoshlar o‘z biznes rejalari bilan o‘rtoqlashdi

Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev shu yilning 30 iyun kuni “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiridagi nutqida yoshlarning bandligini ta’minlash eng dolzarb vazifa hisoblanishini ta’kidlab o‘tdi.

O’zLiDeP ham yoshlarni bandligini ta’minlash va  ularni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida “O’zLiDeP  yoshlar biznes turi”ni tashkil etib kelmoqda.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda partiya Toshkent viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan biznes tur ham yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish maqsadida o‘tkazildi.

Biznes turda so‘z olgan O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi “Yoshlar bilan ishlash bo‘limi” boshlig‘i Jamshid Jamolov bugun yurtimizda yoshlarga ta’lim olish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda yurgizish, baxtli va farovon turmush kechirish uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, til o‘rganishlari uchun ajratilayotgan subsidiyalardan unumli foydalanish zarurligi xususida to‘xtaldi.

Kichik oilaviy tadbirkorlikdan o‘z ishini boshlagan korxonada bugun 15 nafar boshqaruv, 130 nafar ishchi-xodimlar mehnat qilayotgani tadbirkorning faoliyat yo‘nalishini to‘g‘ri tanlaganidan dalolat berishi to‘g‘risidagi o‘z mulohazalarini bildirdi.

Korxona mamlakat ichki bozorini import o‘rnini bosuvchi chinni va fayansdan ishlangan sifatli sanitariya texnik jihozlari bilan ta’minlash bilan bir qatorda o‘z mahsulotlarini eksportga yo‘naltirayotgan salohiyatli zavodlardan biriga aylanayotganini alohida e’tirof etdi.

Qurilish sohasida salohiyatli o‘ringa ega korxonaning rivojlanish yo‘lida bosib o‘tgan qadamlari yoshlar uchun ibrat maktabi vazifasini o‘tashga arzirli ekaniga urg‘u berdi.

Korxona rahbari Asomxon Abbasov esa yoshlarga mas’uliyati cheklangan jamiyatning tashkil etilishi tarixini so‘zlab berdi. Korxonaning o‘z faoliyati davrida bosib o‘tgan rivojlanish yo‘li, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari haqida ma’lumotlar berib, tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Bugun yurtimizda xususiy tadbirkorlik har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, biznesni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar eshiklari ochilgani, ayniqsa, “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” qilinib, shaxsan yurtboshimiz tomonidan tinglanayotgani, mamlakat rahbari tomonidan “tayanch” deya e’tirof etilayotgani ularning faoliyatlarida katta kuch berayotganini mamnuniyat bilan tilga oldi. Yoshlar mana shu imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanishlari zarurligini qayd etdi.

Korxonaga tashrif buyurgan yoshlar bu yerdagi markaziy ombor, massa tayyorlash, quyish, qadoqlash, qolip yasash sexlarida bo‘lib, u yerda ketayotgan jarayon bilan yaqindan tanishishdi. Mutaxassis va muhandislar, ustalar bilan hamsuhbat bo‘lishdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    367
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+