Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash – ustuvor maqsadimiz!

19.08.2022, 15:12

Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash – ustuvor maqsadimiz!

Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish, ular munosib daromad olishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan ishlar yangi bosqichga yuz tutmoqda.

Partiya ham ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosatini faol qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Ohangaron tumanidagi “Yoshlar markazi” da partiya Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bo‘limi o‘zaro hamkorligida o‘tkazilgan davra suhbatida ham yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi diqqat markazida bo‘ldi.

Partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, viloyat Kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari viloyat hamda mahalliy Kengashlaridagi partiya deputatlari, Ohangaron tuman Kengashi raisi Murodjon Talipov, yoshlar, salohiyatli tadbirkorlar, OAV vakillari ishtirok etgan tadbirda so‘z olganlar bugun yurtimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati borasida fikr yuritishdi. Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularni doimiy ish bilan band qilish, qo‘shimcha daromad olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan partiyaviy loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berishdi.

- “Bu kabi tadbirlarni tashkil etishimizdan asosiy maqsad – hududdagi salohiyatli tadbirkorlarimiz va yoshlar o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatish, ularni biznesga yo‘naltirishda boy tajribaga ega bo‘lgan ishbilarmonlardan uslubiy ko‘rsatma, amaliy tavsiyalar olishlari, ish bilan band bo‘lishlarida ko‘maklashishdan iborat. Bugungi davra suhbatida ham tumanimiz va viloyatda ko‘zga ko‘ringan yirik tadbirkorlar bevosita ishtirok etib, yoshlarga yo‘l-+yo‘riq ko‘rstishyapti, o‘z maslahatlarini berishyapti. Yoshlarda tadbirkorlik ruhiyatini oshirish yo‘li bilan boqimandalik kayfiyatiga barham berib, kambag‘allikni qisqartishga erishamiz”, - Partiya Ohangaron tuman Kengashi raisi Murodjon Talipov.

Davra suhbatida ishtirok etgan yoshlar vakillari ham o‘zlarining mavzuga doir mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. IT biznesi, tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy klinikalarga asos solishga qaratilgan rejalari haqida so‘zlashdi. O’zlari va tengdoshlarining qo‘lga kiritgan yutuqlariga to‘xtalisharkan, bularning bari yurtimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning amaliy natijasi ekanini ta’kidlashdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarni alohida e’tirof etishdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    442
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+