“Namunali tomorqachi” loyihasi doirasida asakalik ayollar o‘zaro tajriba almashishdi

22.08.2022, 16:58

“Namunali tomorqachi” loyihasi doirasida asakalik ayollar o‘zaro tajriba almashishdi

Vodiyning oltin tuprog‘ida hikmat ko‘p. Xazina shu zaminda. Oddiy dehqon ham yer bilan tillashib, tadbirkorga aylanmoqda. Tomorqa – baraka manbai ekanini bugun andijonliklar yaxshi biladilar. Andijon sharoitida aholi tomorqalaridan bir yilda uch marta hosil olish bo‘yicha muayyan tajriba to‘plangan. Mana shu tajribani ommalashtirish kerak, xolos.

Bugun bu borada qalovini topganlar bisyor. Tomorqaning foydasini bilganlarning daromadlari esni shoshiradi.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi “Namunali tomorqachi” loyihasi doirasida Asaka tumani “Devatagi” mahallasida yashovchi Madinaxon Ibragimova xonadonida “Tomorqa-daromad manbai” mavzuidagi ochiq muloqotda aynan tomorqachalik xadisini olgan asakalik ayollar o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdi.

Dastlab partiya faollari issiqxona faoliyati bilan tanishdi,  ishchilar bilan muloqot qildi. Aholi farovonligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadigan bunday issiqxonalar tarmog‘ini yanada kengaytirish kerakligini ta’kidlashdi.

“2015 yilda atigi 1 ta issiqxona bilan faoliyatimizni boshlagan edik. Avvaliga farzandlarimizni yonimizga oldik. Faoliyatimizni kengaytirgach, mahalladagi ishsiz yoshlarni, xotin-qizlarni jalb qildik. Hozir 12 sotixlik maydonda 4 ta issiqxona barpo etganmiz. Hozir asosan pomidordan bo‘shagan yerlarga kuzgi bodring ekkanmiz. Bundan tashqari sabzavot va ko‘kat yetishtiryapmiz”, – deydi M.Ibragimova.

“Uy bekasiman, hech qayerda ishlamayman. Shu bois, Madina opaning taklifiga rozi bo‘lib, shu yerda mehnat qilyapman. Kunlik olayotgan maoshim oilamiz, farzandlarimiz uchun sarf qilinayotganidan xursandman”, – deydi Odina Ashurova.

Guvohi bo‘lganingizdek, tumanda tomorqa madaniyati yildan-yilga yuksalib, oilalar daromadi oshmoqda. Chunki asakaliklar tomorqadan unumli foydalanish hadisini olgan.

  • Ko'rildi
    107
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+