Nukuslik mahalla yoshlari uchun tadbirkorlik sub’ektiga biznes tur tashkil qilindi

22.08.2022, 17:21

Nukuslik mahalla yoshlari uchun tadbirkorlik sub’ektiga biznes tur tashkil qilindi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston  Respublikasi Kengashi “Yoshlar qanoti” bo‘limi tomonidan yoshlarni tadbirkorlikka kengroq jalb etish, yosh tadbirkorlar safini yanada kengaytirish, o‘z tadbirkorlik faoliyatini  boshlab bugungi kunda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Nukus shahridagi “Muratbek mebel” MChJ ga yoshlar uchun sayohat tashkil qilindi.

2009 yili tashkil qilingan “Muratbek mebel”  korxonasi 13 yildan buyon  ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan.  Korxonada kesish, tayyorlash va qayta ishlash, yig‘ish, yumshoq mebellar sexi, temir ustoxonasi, buyoq va yig‘ish sexlarida jami 50 dan ziyod kishining bandligi ta’minlangan. Ishchilarning mehnat va texnika xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zurur sharoitlar yaratilgan.

Bugun ichki bozorda “Muratbek mebel” korxonasi mahsulotlari o‘z haridoriga ega. Korxona rahbari Muratbek Tanirbergenov yoshlarga o‘z faoliyatini boshlashda ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish kerakligi,  biznes loyiha, kredit olish va bozorni o‘rganish bo‘yicha yoshlarga o‘z tajribasidan kelib chiqib, maslahat va tavsiyalar berdi. 

Sayohat davomida yoshlar korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, xoridorbopligi, ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan  tanishdi. 

Tadbirkor bilan yuzma-yuz muloqot davomida yoshlar tadbirkorlik sohasiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    370
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+