Deputatlik eshituvi: Samarqandda bank kreditlari, aholini eektr va gaz bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi

22.08.2022, 17:25

Deputatlik eshituvi: Samarqandda bank kreditlari, aholini eektr va gaz bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi hamda viloyat elektr ta’minoti, hududgaz Samarqand gaz ta’minoti filiali holatlari muhokama qilindi.

Dastlab deputalar Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi mas’ul rahbarlarining hisobotini tinglashdi. Hisobotga ko‘ra, Prezidentimizning 2021 yil 20 dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan, 2022 yilda 900 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratilishi rejalashtirildi.

O’tgan davr mobaynida ushbu yo‘nalishda 23 073 ta loyihalarga jami 531,4 mlrd.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi. Shuningdek, mahallalarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 11 489 nafar xotin-qizlarga 211,8 mlrd.so‘m hamda 9124 nafar yoshlarga 202,3 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Bundan tashqari “Ayollar daftarida”gi 2547 nafar xotin-qizlarga 31,2 mlrd.so‘m, “Yoshlar daftarida”gi 1033 nafar yoshlarga 21,1 mlrd.so‘m, “Temir daftarda”gi 94 nafar fuqaroga 1,7 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Kun tartibining keyingi masalasi bo‘yicha “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori S.Shomurotovning axboroti eshitildi.

Qayd etilishicha, Prezidentning 2022 yil 18 martdagi “2022 — 2026 yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joriy yilda 76,5 km uzunlikda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 32 dona transformator punktlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 48,9 km  elektr uzatish tarmog‘i va 1 dona  transformator punkti o‘rnatildi. Bundan tashqari, ishlab chiqilgan rejaga asosan yil oxirigacha 1133 ta transformator punktlari va 2801 km. tarmoq mukammal ta’mirlangan.

Shuningdek, kun tartibining uchinchi masalasi yuzsidan “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali direktori Ansor Muhammadiyevning axboroti tinglandi.

Mazkur masalalar yuzasidan deputatlar o‘z takliflari va fikr-mulohazalarini bildirishdi, aniqlangan ba’zi muammolarni oshkor qildilar. Eshituv yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan qaror qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    417
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+