Istiqlolning har bir yili asrlarga ta’tigulik

22.08.2022, 17:30

Istiqlolning har bir yili asrlarga ta’tigulik

Mamlakatimiz istiqlolini, u bilan bog‘liq tarixiy sana va voqea-hodisalarning mohiyatini chuqur anglash va qadrlash, har tomonlama munosib nishonlash ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotimizda alohida muhim o‘rin tutadi.

Ayni kunlarda O`zLiDeP Yangiobod tuman Kengashi tarkibidagi Boshlang‘ich partiya tashkilotlarida tashkil etilayotgan bayramoldi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida xalqimizning asriy orzusi bo‘lgan, Vatanimizning necha ming yillik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, mamlakatimizni xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosiga aylantirgan O’zbekiston mustaqilligi, uning hayotimizda tutgan o‘rni, istiqlol sabab yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritilmoqda.

Tumanda o‘z saflariga 4 mingga yaqin maslakdoshlarimizni birlashtirgan 50 ta quyi bo‘g‘in faoliyat olib bormoqda.

Shavkat Rahimov yetakchilik qilayotgan Yangiobod shahar fuqarolar yig‘ini hududidagi Boshlang‘ich partiya tashkiloti tumandagi eng yirik va eng faol quyi bo‘g‘inlardan biri. Mazkur BPT 200 nafarga yaqin maslakdoshlarimizni o‘z safiga birlashtirgan. BPT faollari partiya Dasturi va Saylovoldi platformasida ilgari surilgan maqsad va vazifalarni targ‘ib qilishda, joylardagi muammolarni partiyaviy vositalar bilan bartaraf etishda, tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda deputatlarimizga yaqindan ko‘makdosh bo‘lishmoqda. Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan mahallalarda, korxona va tashkilotlarda bo‘lib o‘tayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ham partiya faollari alohida jonbozlik ko‘rsatmoqdalar.

“Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida o‘tkazilgan va  “Istiqlolning har yili asrlarga ta’tigulik” deb nomlangan ochiq muloqotda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, partiya faollari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida tuman hayoti misolida so‘nggi yillarda hayotimizdan o‘rin olayotgan yangilik va o‘zgarishlar, bunyodkorlik jarayonlari haqida so‘z yuritildi.   2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil – “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, tinch va farovon hayotimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, Vatanimizni yanada taraqqiy ettirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tumanda, ayniqsa Yangiobod shaharchasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik jarayonlarida, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilishda partiya faollarining o‘rnini yanada oshirish va shu asnoda xalqimiz farovonligiga hissa qo‘shish asosiy maqsad ekanligi alohida ta’kidlandi.

Sodiq Boboyev,

 O`zLiDeP  Yangiobod tuman Kengashi

apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    274
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+