Namangan tumanidagi “Toshbuloq Tekstil Fabrikasi” MChJda press tur tashkil etildi

23.08.2022, 15:02

Namangan tumanidagi “Toshbuloq Tekstil Fabrikasi” MChJda press tur tashkil etildi

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Yoshlar va biznez tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi X.Otaxanova bilan hamkorlikda Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida Namangan tumanidagi “Toshbuloq Tekstil Fabrikasi” MChJ da press tur tashkil etildi.

Press turda bir guruh “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turuvchi yoshlar va ayollar mazkur korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Dastlab "Press tur" ishtirokchilarini ta’sischisi Abdullayeva Shoira tikuv fabrikasi faoliyati hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar brendi bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi.

Mazkur MChJ 2019 yil 29 mayda tashkil etilgan bo‘lib, asosan  trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradi va hozirgi kunda Izroil davlatiga shartnoma asosida mahsulot eksport qilish bilan bir qatorda ichki bozorda ham ilg‘or korxonalardan biri hisoblanadi.

Ushbu tikuv fabrikasi asosan 100 nafar ishchi o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” da turuvchi  yoshlar va ayollarning 65 nafari doimiy ish o‘rni bilan band qilingan.

"Press tur" yakunida korxona rahbarlari tomonidan ayollar va yoshlarga munosib ish o‘rinlari taklif qilindi.

  • Ko'rildi
    486
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+