Angrenda shahar hokimi deputatlik guruhi eshituvida ishtirok etdi

25.08.2022, 16:36

Angrenda shahar hokimi deputatlik guruhi eshituvida ishtirok etdi

Bugun yurtimizda “Davlat – inson uchun” degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etilib, har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va ijtimoiy himoya tizimi yaratish yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Inson qadrini yuksaltirish yo‘lida xalqparvar davlat barpo etishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. O’zLiDeP ham mana shu ustuvor vazifalarni ro‘yobga chiqarishda kamarbasta bo‘lib kelmoqda. Partiya tashkilotlari joylardagi vakillik hamda hokimiyat organlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Partiya Angren shahar Kengashi tashabbuskorligida tashkil etilgan navbatdagi deputatlik guruhining yig‘ilishiga shahar hokimi Alisher Rayimov taklif etildi.

Aholi vakillari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda Angren shahar  oila va xotin-qizlar bo‘limining ayollar o‘rtasida ish o‘rni yaratish, ularning ish bilan bandligini ta’minlash masalalari  yuzasidan hisoboti tinglandi.

2022 yilning o‘tgan davri mobaynida bo‘lim tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida yangi ish o‘rni yaratish borasidagi qilingan ishlar tahliliy-tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda ishtirok etayotgan ayollarning kam ta’minlangan, uy-joyga ehtiyoji borlarining murojaatlari ham tinglandi. Murojaatlar yechimiga doir muhokamalarda shahar xotin-qizlar masalalari bo‘yicha  qo‘mitasi  bosh mutaxassisi M.Mamedova mazkur masalani “Xalqparvar” jamg‘armasi komissiyasida o‘rganib, Xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyasida ko‘tarib chiqishni so‘radi. Kam ta’minlangan. Uy-joyga muhtoj ayollarning turar joy bilan ta’minlanishi masalasiga birgalikda ijobiy yechim topish taklifini kiritdi.

Masalani diqqat bilan tinglagan hokim Alisher Rayimov “Xalqparvar” jamg‘armasi shahar bo‘limi raisi Vadim Liga arizachining murojaatini “pilot” tizimi orqali tajriba tarzida hal etib ko‘rishni taklif qildi.

Deputat Raxmon Davlyatov ham tinglangan hisobot yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

O’z navbatida hisobot beruvchi tomonidan deputatlik guruhining shahar  oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalari kelajakda olib boriladigan ishlarni tizimli shakllantirishda foydalanish uchun qabul qilinishi ta’kidlab o‘tildi. 

Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan fikrlar umumlashtirildi. Masalani ijobiy hal qilishga doir hamkorlik yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    327
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+